avatar
Abror Muxtor Aliy
Переслано от Hikmat istaganga...
24.01.2026 12:25
IBROHIM ALAYHISSALOM QISSASI VA MANTIQ ILMI:
Haqiqatga qanday erishiladi?


Ba'zilar Ibrohim alayhissalomning yulduz, oy va quyoshga qarab: "Bu mening Robbimdir" degan so‘zlarini e'tiqod deb tushunayotganini ko'rmoqdaman.

Aslida esa, bu qissa mantiq ilmining eng go‘zal va mukammal namunasidir.

Ushbu qissani to‘g‘ri anglash uchun bizga Mantiq fani va uning tafakkur metodlari yordam beradi.

1. Eng oliy dalil: Burhon

Biz Ibrohim alayhissalom qissasini Qu'roni karimdan olamiz. Unda Ibrohim alayhissalom haqida yana shunday aniq xabar bor: "U mushriklardan bo‘lmagan".

Mantiq tilida bu — "yaqin", "burhon" ya’ni shubhasiz ilmiy haqiqatdir.

Demak, biz Ibrohim alayhissalomning har bir harakatini mana shu "u hech qachon mushrik bo‘lmagan" degan asosga qiyoslab sharhlashimiz shart.

2. Musallamotdan foydalanish metodi: Faraz qilaylik...

Ibrohim alayhissalom yulduzga qarab "Bu mening Robbim" deganida, bu e’tiqod emas, balki "musallamot"dan foydalanish usuli edi.

Musallamot — bahs jarayonida qarshi tomonning fikrini vaqtincha to‘g‘ri deb qabul qilib olingan dalildir. Xuddi matematikadagi "X ni falon deb qabul qilaylik" degan tushuncha kabi.

3. Jadal (Dialektika) san’ati

Mantiq fanining to‘rtta asosiy vazifasidan biri — tashqi ko‘rinishidan to‘g‘ri ko‘ringan, lekin aslida botil bo‘lgan e’tiqodlarni fosh qilishdir.

Ibrohim alayhissalom "jadal" (bahs) usulini shunday mahorat bilan qo‘llagan:

Asos: "Mayli, siz aytgandek yulduz Xudo bo‘lsin (Assume X...)."
Kuzatuv: "Lekin u botib ketdi."
Mantiqiy xulosa: "Botib ketuvchi (o‘zgaruvchi) narsa Robbi bo‘la olmaydi."

Xulosa

Ibrohim alayhissalom yulduzni Xudo deb bilib, keyin adashganini tushunib qolmagan. Balki, atrofdagilarga mantiqiy xulosa chiqarishni o‘rgatgan. U kishi "X" o‘rniga yulduzni qo‘yib ko‘rib, uning mantiqsizligini isbotlagan va odamlarni haqiqiy Tavhidga — botmaydigan va o‘zgarmaydigan Zotga yo‘naltirgan.

Mantiqni ishlatish — iymonni mustahkamlashning eng to‘g‘ri yo‘lidir.

Fikrat ko'rsatuvidagi noto'g'ri fikrlarga javoban yozildi.
60
👍 42
15
7
🕊 2
1
🥰 1
9 24 12.8K

Обсуждение 9

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abror Muxtor Aliy

25.5K
Шиоримиз:
1.Аҳли сунна ва жамоа мазҳаби асосида пок ақийда ва мусаффо Исломга интилиш.
2.Қуръон ва суннатни ўрганиб амал қилиш.
3.Исломий маърифат таратиш.
4.Cалафи солиҳ–улуғ мужтаҳидларга эргашиш.
5.Кенгбағирлик ва биродарлик руҳини тарқатиш
Открыть в Telegram