#sotuvda������
Hay ibn Yaqzon
Ibn Tufayl qalamiga mansub bu roman nafaqat adabiy asar, balki inson ongining uyg‘onishi haqida eng qadimiy falsafiy kitoblardan biridir. Orolda yolg‘iz ulg‘aygan Hayning tabiat orqali haqiqatni topishi butun dunyo mutafakkirlarini hayratga solgan.
Ibn Sino kitoblari ta’sirida yozilgan ushbu asarda odam o‘z aqlining kuchi bilan yolg‘izlikda haqiqatga qanday yetishi tasvirlanadi.
1671-yilda lotin tiliga tarjima qilinib, Yevropada katta shov-shuv bo‘lgan. Hatto
Daniel Defo “Robinzon Kruzo”ni yozishda ilhom olgan degan fikrlar bor.
Bu nafaqat adabiyot, balki o‘zini anglash yo‘lini izlayotganlar uchun ham juda kuchli qo‘llanma.
Agar siz yolg‘iz qolgan paytingizda qanday fikrlar insonni “uyg‘otishi” mumkinligini bilmoqchi bo‘lsangiz, bu kitob aynan o‘sha savolga javob beradi.
Muallif: Ibn Tufayl
Narxi: 38 000 so'm
�� Kitobni xarid qilish uchun @kitobdor01 yozing!
��Manzil: Xadra maydoni, Toshkent kitob markazi, 1-do
ʻkon
Telegram Instagram* Facebook*
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram