avatar
Abdusattor
@abdusattor
12.12.2024 20:02
Qiymat yaratishni bilsangiz, hech qachon och qolmaysiz.

Biz har kuni qiymat almashinuvida yashaymiz. Siz taksi bilan foydalanganingizda, kirakash jismoniy mehnati evaziga sizga qiymat berdi, siz kitob sotib olganingizda, yozuvchi aqliy mehnati evaziga sizga qiymat berdi. Siz esa ularga pul qiymatida javob qaytarasiz. 

Har qanday daromad qiymatga bog‘liq, uning miqdori esa qiymat noyobligiga. Siz bera oladigan qiymatni qancha kam odam bera olsa, demak shunchalar yuqori darajadagi qiymat almashinuvida qatnashasiz. Kirakash 1 soat mehnatiga 10$ daromad qilsa, kvant muhandisi 10 barobar qilishi mumkin. Hammasi qiymat noyobligiga taqaladi. Agarda kvant fizikani tushunadiganlar, kirakashlik qilishi mumkin bo‘lgan odamlar bilan teng bo‘lganida ularning daromadi bir xil bo‘lar edi. Majoziy ma’noda albatta.

@abdusattor
🔥 2506
468
442 154.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram