avatar
Abdusattor
@abdusattor
08.10.2024 18:01
Musiqa juda ham kuchli ta’sir o‘tkazadigan vosita. Musiqa orqali insonni kayfiyatiga, og‘riq sezishiga va hattoki supermarketlardagi tanlovlariga ta’sir o‘tkazsa bo‘ladi. Masalan, mana bu tadqiqotga ko‘ra, yoqimli musiqa 10 balli shkala bo‘yicha og‘riq kuchini o‘rtacha 1,13 ballga kamaytiradi. Musiqa tinglash paytida yurak urishi, qon bosimi va nafas olish tezligining pasayishi odamning tinchlanishini ko‘rsatadi. Bundan tashqari kreativlik, ish samaradorligini, diqqatni ham oshirishi mumkin. Ajoyib a? 

Faqat tanganing teskari tarafida, musiqaning xulq-atvor targ‘ibotiga ham ishlatsa bo‘ladi. Klassik musiqani eshitib ko‘ring va zamonaviy pop musiqani eshitib ko‘ring, qayerda san’atni sezyapsiz? Agarda bu mavzuga chuqurroq kirishaman desangiz, trendlardagi musiqalarning she’rlariga e’tibor bering. Chiroyli ritm bilan, sizga “armondagi sevgi”ni targ‘ib qiladigan musiqa sizni kuchli qiladi deb o‘ylaysizmI? Lug‘ati 4 ta so‘zdan iborat bo‘lgan musiqa sizni aqlli qiladi deb o‘ylaysizmi? 

Mana buni eshitib ko‘rib, taqqoslang.

@abdusattor
🔥 2155
130
732 156.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram