Shakar ommaviy narkotik
Shakar haqida chiqargan ushbu videomiz salkam 700K ko’rilibdi. Bu meni juda ham xursand qildi. Videoda men aytib o’tgan ma’lumotlar va tavsiyalar ko’pchilik insonlarga manfaatli bo’lganini menga yozilayotga izohlardan ko’rib turibman. Ushbu videodan keyin ko’plab insonlar shakardan butulay yoki 30 kun davomida voz kechganliklarini va ushbu qaror ularning hayotlariga ijobiy ta’sir qilganini yozishdi.
To’g’risini aytsam mening o’zim ham bu kabi natija bo’lishini kutmagan edim. Asosiysi insonlar o’zlari uchun manfaatli ma’lumot olishdi. Bundan tashqari juda ham ko’p insonlar shakar deganda faqatgina choyga qo’shiladigan oddiy oq shakarni tushunib qolishgan. Afsuski shakar nafaqat choyga qo’shiladigan mahsulot balki atrofimizdagi biz iste’mol qiloyatgan barcha mahsulotning tarkibiga qo’shiladigan “NARKOTIKDIR”.
"Shakar ommaviy narkotik"
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram