avatar
Abdusattor
@abdusattor
14.03.2024 21:25
Abdusattor Фото: ❗️Bugun “Maqsad” nomli loyihamizni sizlarga taqdim etamiz.  Maqsad — bir maqsad yo‘lida yig‘ilganlar hamjamiyati. Bu loyiha maqsadlarga agressiv erishadigan, intizom sevuvchi va shaxsiy masʼuliyat bilan yashashni xohlaydigan erkaklar uchun. Va bugungi mavzumiz aynan erkaklarga bag‘ishlanadi. Atrofidagi imkoniyatlarni ko‘rolmasdan o‘zini yo‘qotib qo‘ygan avlod qaror qabul qilolmay, ikkilanib qatʼiyatsizlik bilan yashamoqda. Nega hozirgi kunning erkaklari kuchsiz bo‘lib qolgan?  Qiziq, bu avval ham shundaymidi? Agar bizning davrimizga kelib shunday bo‘lgan bo‘lsa, buning sababi nimada? Yuqoridagi savollarga javob YouTube kanalimizda: https://youtu.be/NpgJ5rOdBXw
Loyihamizning ilk videosi 600k'ga yaqin ko‘rilibdi

Biz bu videoning bu darajada ommalashib ketishini kutmagan edik. Video ostida qoldirilgan izohlar shaxsan meni hayratga soldi.

Videoda biz hozirgi vaqtda erkaklarning zaiflashib borayotgani, o’z vaqtida ulg’aymayotganligi va bunga yumshoqlashib ketayotgan jamiyat sababchi ekanligini aytganmiz. Ushbu videoda keltirib o’tilgan tahlillar va turli manbalardan olingan statistik ma’lumotlar mavzuning shunchaki o’ylab topilmaganligini, aksincha jamiyatda haqiqiatan ham shunday og’riq mavjudligini ko’rsatadi.

Xususan, erkaklik inqirozi videosi chiqarilgandan keyin juda ham ko’pchilik yoshlar aynan videoda aytib o’tilgan psixologik holatga tushib qolganini yoki shunday holatni boshidan o’tkazganligini aytib menga xabarlar yozishdi. Agar ushbu video orqali kimlargadir yordamim tekkan bo’lsa, men bundan bag’oyat xursand bo'laman.

Shu bilan birga, men jamoam bilan birga sizlar uchun yana bir qiziq mavzu ustida ish olib boryapmiz. Tez kunlarda ushbu materialni sizlarga havola etaman. O’ylaymanki, ushbu video ham insonlar uchun manfaatli bo’ladi!

emoji ”Erkaklik inqirozi”

@abdusattor
🔥 2323
24
223 140K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram