avatar
Abdusattor
@abdusattor
02.04.2026 19:23
Siz dangasa emassiz. Siz sinmagansiz. Miyangizning mukofot tizimi o'g'irlangan va siz buni hatto bilmaysiz ham.

O‘zingizni irodasiz yoki maqsadsiz deb o‘ylashingiz mumkin, lekin aslida miyangizdagi "mukofot tizimi" ishdan chiqqan. Zamonaviy dunyodagi cheksiz kontent, tayyor ovqatlar va oson o'yin-kulgilar miyani dofamin bilan haddan tashqari to‘yintirib yubordi. Natijada, miya bu bosimga chiday olmay, zavq olish darajasini pasaytirib qo'yadi. Endi sizga oddiy quvonchlar yetarli bo’lmaydi.

Bu haqida avval ham ko’p aytganman. Dofamin bizni harakatga keltiruvchi "yonilg'i". U bizni harakatlanishga majbur qiladi. Miya dofaminni oson olishga o’rgansa, dofamin uchun mashaqqat qilishni xohlamay qo’yadi.

Dofamin tuzog’idan chiqish uchun "Dofamin parhezi" kerak. Bu uchun esa reels ko'rishni to’xtatib zerikishingiz kerak. Zerikish boshida qiyin va og’riqli bo’ladi, lekin aynan shu "zerikish" jarayonida miya o'zining tabiiy sezgirligini qaytadan tiklay boshlaydi.

Oldin odamlar zerikishni yomon narsa deb o‘ylamagan. Chunki zerikishdan keyin harakat boshlanardi. Inson nimadir qilishga majbur bo‘lardi: yurardi, o‘ylardi, yaratardi. Zerikish miyani yangi stimullar qidirishga majbur qilardi.

Bugun esa biz zerikishga umuman imkon bermayapmiz. Natijada miya shunday signal oladi: harakat qilishning hojati yo‘q. Mukofot shundoq ham keladi.

Biz bu haqida "Raqamli qullar" videomizda batafsil to'xtalganmiz. Agar videoni ko'rmagan bo'lsangiz, hoziroq YouTube kanalimizda tomosha qiling:

: https://youtu.be/D9t2Zj1zYzc?si=pDlLVrTGGLI4Hv1z
🏆 974
878 40.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram