2.7 milliard vatt energiya nisbiy va nazariy solishtirish. Yuqoridagi postda bitta savolga javob berish uchun ketadigan energiyani emas, umumiy samaradorlik nazarda tutilgan. Ya'ni inson miyasining to'liq funksiyasi superkompyuterga yuklansa nazariy jihatdan shuncha energiya sarflanadi.
Inson miyasi 12–20 vatt bilan parallel ravishda ishlaydi. AI esa ketma-ket (serial) hisoblaydi. Agar biz bitta AI modelini inson miyasi kabi "ko‘p vazifali" (multitasking) va "ongli" darajaga ko‘tarmoqchi bo‘lsak, bizga haqiqatan ham bir nechta atom elektr stansiyasining quvvati kerak bo‘ladi.
"Ongli darajaga ko'tarish" deganda, AI shunchaki statistik ehtimolliklar asosida matn terishdan to‘xtab, inson kabi subyektiv tajribaga, o‘zini anglashga va real vaqtda dunyoni his qilishga o‘tishi nazarda tutiladi.
Hozirgi AI (ChatGPT, Claude va boshqalar) juda kuchli matematik modellar hisoblanadi, lekin ular "ongli" emas. Ya’ni bizning miyamiz energiya isrof qilmaydi, u faqat kerakli neyronni kerakli vaqtda ishlatadi. AI esa bitta oddiy savolga javob berish uchun butun tizimni ishga tushiradi.
Bugungi kunda "AI hamma narsa qila oladi”, "AI bizdan aqlli" degan gaplar ko‘paygan. Postning maqsadi shu ediki, miyangiz hali ham koinotdagi eng mukammal texnologiya. AI ma’lumotni qayta ishlash tezligi bo‘yicha ustun bo‘lishi mumkin, lekin ma’lumotning mohiyatini anglash va ijod qilish bo‘yicha u inson miyasiga teng kelolmaydi. AI juda tez ishlaydigan "ko‘zgu", u biz bergan ma’lumotlarni aks ettiradi xolos. Inson miyasi bo’lsa o‘sha ma’lumotni yaratuvchi manba.
🏆925
117 48.2K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram