Inson miyasi koinotdagi eng zo'r "kompyuter”
Dunyodagi eng qimmat serverlar va AI tizimlari qila olmaydigan ishlarni (ijod, his-tuyg‘u, nostandart qarorlar, strategik fikrlash) sizning miyangiz bir kosa ovqat va bir necha litr suv evaziga bajarishi mumkin.
Nega bunday deyapman? Chunki inson miyasi 12 vatt bilan bajaradigan ish uchun AI 2.7 milliard vatt energiya sarflaydi. Bu albatta nisbiy nazariy solishtirish. Aytaylik, ko‘chada ketayotganingizda tanishingizni ko‘rib qoldingiz. Miyangiz bu jarayonni (tasvirni ko‘rish, yuzni skanerlash, xotira bilan solishtirish, hissiyotni uyg‘otish va qaror qabul qilish) bor-yo‘g‘i
12–20 vatt quvvat bilan bajaradi. Tushunishingiz uchun bu 1 dona lampochkani yoqishga yetadigan energiya xolos.
Xuddi shu ish uchun AI’ga 2.7 milliard vatt
kerak bo’ladi. Bu taxminan 2-3 ta yirik atom elektr stansiyasining jami ishlab chiqarish quvvatiga teng.
AI har safar biror amalni bajarishi uchun ma’lumotni xotiradan protsessorga "tashishi” kerak. Bu doimiy "qatnov" umumiy energiya sarfining
80%’dan ortig‘ini tashkil qiladi.
Inson miyasida esa neyron ham hisoblaydi, ham ma’lumotni saqlaydi. Ma’lumot hech qayerga ko‘chmaydi. Bu "In-memory computing" deb ataladi va
energiya sarfini deyarli nolga tushiradi.
Dunyoda hech qaysi biznesda bunaqa katta foyda (ROI) yo'q. $1’dan kamroq xarajat evaziga miya cheksiz qiymat yaratishi mumkin.
Siz Claude yoki ChatGPT bilan suhbatlashayotganingizda, ekraningiz ortida deyarli yarim million odamning miyasiga yetadigan elektr energiyasi yonib ketadi. Siz esa buni atigi 12 vatt (bir dona kichik lampochka) quvvatida tahlil qilyapsiz.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram