avatar
Abdusattor
@abdusattor
19.03.2026 20:38
Abdusattor Фото: Dunyoda ikki toifa odam bor biri iste’molchilar va ikkinchisi o‘sha narsalarga egalik qiladiganlar. Kambag‘al mentaliteti "hozir va shu yerda" lazzatlanishni istaydi. Bu miyadagi dofamin tizimining quliga aylanish degani. Boy mentaliteti esa o'sha lazzatni kelajakka kechiktira oladi. Xabaringiz bor, Ramazon oyining boshida har kuni 50 mingdan Imanum’ga investitsiya qilish chellenjini boshlagandim. O’zi bundan maqsad nima edi? Birinchi navbatda moliyaviy intizomni shakllantirish va investitsiya odatiga o’rganish. Chunki miyani iste’molchi holatidan egalik qilish holatiga o‘tkazishimiz kerak. Har kuni 50 ming so‘mni investitsiya qilish kichik ko’rinadi lekin aslida bu nafsimizga berilgan eng qattiq zarba. Biz bugungi kichik lazzatdan (masalan, fastfud yoki kofe) voz kechib, ertangi moliyaviy erkinlikni tanladik. Biz 30 kun davomida 1,5 mln so‘m yig‘ib, investitsiya qilganimizda, aslida kichik bir "vaqt bo‘lagi"ni sotib olgan bo’lamiz. Kelajakda bu pulning foydasi bir kunlik, bir soatlik yoki bir oylik xarajatlaringizni qoplaganda, siz shu erkinlikni ancha oldin sotib olgan bo’lasiz. Ya’ni egalik qilish, boy bo’lish aslida erkinlik sotib olish degani.
30 kunlik sabr. 1 500 000 so‘m yig‘ildi. Endi nima bo‘ladi?

Ramazonning oxirgi kuni. Chellenjimiz yakuniga yetdi. Har kuni 50 ming so‘mdan ajratib, jami 1 mln 500 ming so‘m investitsiya yig‘dik.

Ko‘pchilik uchun bu shunchaki raqam bo‘lib ko‘rinishi mumkin, lekin agar siz ham bu chellenjni qilgan bo’lsangiz, bu irodangizning g‘alabasi. 30 kun davomida miyamizga "Hozirgi mayda xohishingdan ko‘ra, kelajakdagi erkinliging muhimroq", deb buyruq berdik.

Nega bir martani o’zida 1,5 mln so’mni investitsiya qilmadik?
Chunki investitsiyada pulning miqdoridan ko‘ra vaqt va davomiylik muhimroq. Bir martalik investitsiya shunchaki "xarid" degani. 30 kunlik harakat esa "investorlik odati” hisoblanadi. Bizning maqsadimiz ham shu odatni shakllantirish edi.

Ramazon tugadi, chellenj ham. Oldimizda ikkita yo‘l bor:

1. Yechib olish (Mag‘lubiyat yo‘li):
Agar hozir bu pulni yechib olsak, 30 kunlik harakatimiz havoga uchadi. Biz yana o‘sha "topganini sarflaydigan" odamga aylanamiz.

2. Tizimga aylantirish (G‘oliblar yo‘li):
Eng to‘g‘ri yo‘l to‘xtamaslik. Endi biz oyiga ma’lum bir miqdorni doimiy investitsiya qilishga o‘tamiz. Birinchi bosqich 6 oy.

Nima uchun yana 6 oy?
Chunki 30 kunda faqat poydevor qo‘yildi. Haqiqiy investitsiya odati va biznesdan keladigan barakali foydani his qilish uchun vaqt kerak.

Boy va kambag‘al mentaliteti o‘rtasidagi farq ham shunda:
– Kambag‘al odamlar pul yig‘ib, narsa (passiv) sotib oladi.
– Boy odamlar pul yig‘ib, vaqt (erkinlik) sotib oladi.

Biz hozir buyum sotib olishni emas, kelajakdagi erkinligimizni sotib olishni tanladik.
🏆 861
128 38.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram