Dunyoda ikki toifa odam bor biri iste’molchilar va ikkinchisi o‘sha narsalarga egalik qiladiganlar. Kambag‘al mentaliteti "hozir va shu yerda" lazzatlanishni istaydi. Bu miyadagi dofamin tizimining quliga aylanish degani. Boy mentaliteti esa o'sha lazzatni kelajakka kechiktira oladi.
Xabaringiz bor, Ramazon oyining boshida har kuni 50 mingdan
Imanum’
ga investitsiya qilish chellenjini boshlagandim.
O’zi bundan maqsad nima edi?
Birinchi navbatda moliyaviy intizomni shakllantirish va investitsiya odatiga o’rganish. Chunki miyani iste’molchi holatidan egalik qilish holatiga o‘tkazishimiz kerak.
Har kuni 50 ming so‘mni investitsiya qilish kichik ko’rinadi lekin aslida bu nafsimizga berilgan eng qattiq zarba. Biz bugungi kichik lazzatdan (masalan, fastfud yoki kofe) voz kechib, ertangi moliyaviy erkinlikni tanladik.
Biz 30 kun davomida 1,5 mln so‘m yig‘ib, investitsiya qilganimizda, aslida kichik bir "vaqt bo‘lagi"ni sotib olgan bo’lamiz. Kelajakda bu pulning foydasi bir kunlik, bir soatlik yoki bir oylik xarajatlaringizni qoplaganda, siz shu erkinlikni ancha oldin sotib olgan bo’lasiz. Ya’ni egalik qilish, boy bo’lish aslida erkinlik sotib olish degani.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram