avatar
Abdusattor
@abdusattor
18.03.2026 15:00
Sizda ham hech shunday bo‘ladimi? Soatlab monitorga termulasiz, lekin bitta ham tuzukroq g‘oya kelmaydi?

Yangi g'oya uchun yangi kitoblar o‘qiysiz, kurslar sotib olasiz, lekin natija kutilganidek bo'lmaydi. Aslida muammo miyangizda emas, atrofingizda bo‘lishi mumkin.

Har bir buyum (stol ustidagi eski qog'ozlar, ishlamaydigan naushniklar, shkafdagi keraksiz suvenirlar) miya uchun shovqindan boshqa narsa emas.

- Siz ularga qaramasangiz ham, miyangiz ularni kategoriyalashtirish va tartibga solish uchun ozgina bo‘lsa-da energiya sarflaydi.
- Keraksiz narsalar ko‘payib ketganda omborda ijodiy fikrlar, yangi va yorqin g‘oyalar uchun joy qolmaydi.

Biror ishni qanday qilsam ekan deb o‘ylashingiz kerak bo‘lgan vaqtda, miyangiz ostida "Shu stolni qachon yig‘ishtiraman?", "Bu kabel qaysi qurilmaniki edi?", "Soatim tirnalibdimi?" degan mayda signallar aylanib yuradi.

Kecha Maqsad klubimizga shu mavzuda post joylagan edik. Shu sababli sizlarga ham bu haqida qisqacha ma'lumot berib o'tdik.
🏆 807
146 41K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram