avatar
Abdusattor
@abdusattor
17.03.2026 16:20
Ko‘pchilik Senior dasturchini "kodlarni yoddan biladigan daho" deb tasavvur qiladi. Ammo haqiqat ancha sodda va qiziqroq.

Junior va Senior o‘rtasidagi asosiy farq Seniorning xotirasi kuchliligida emas, balki uning savol berish mahoratida. Bugungi kunda Google, Stack Overflow va ayniqsa Claude/ChatGPT kabi sun’iy intellektlar barcha javoblarni biladi. Endi muammo javob topishda emas, muammoni qanday savol berib hal etishda.

Hamma ishni AI qilsa nega ularga katta maosh to‘lanadi?

Kompaniyalar faqat ular kod yozgani uchun pul to'lamaydi. Ular:

- Muammoning tub ildizini ko‘ra oladi;
- Uni mayda qismlarga bo‘lib tahlil qiladi;
- Va o‘sha AI yoki qidiruv tizimiga shunday "prompt" yozishi kerakki, natija muammoga yechib berishi kerak.

Junior dasturchi "nega kodim ishlamayapti?" deb so‘rasa, Senior dasturchi xatolikning asab tizimini tahlil qilib, tizimning qaysi nuqtasida mantiqiy chalkashlik borligini aniq ko'rsatib savol beradi.

“Software engineer" yoki "Muhandis" umuman farqi yo'q. Amalda ular savol berish san’ati ustalari. AI qanchalik aqlli bo‘lmasin, unga to'g'ri buyruq berish uchun baribir insoniy mantiq kerak. Chunki noto‘g‘ri qo‘yilgan savolga to‘g‘ri javob olib bo‘lmaydi. To‘g‘ri savol bera olish uchun ham kuchliy mantiqiy fikrlash kerak.
🏆 1102
265 38.2K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram