avatar
Abdusattor
@abdusattor
13.03.2026 18:07
Kutilmagan xarajatlar tasodif emas, bu aniq bo’lishi kerak bo’lgan hodisa.

Mashina buzilishi, kutilmagan shifoxona xarajatlari yoki uydagi muammolar qachondir albatta sodir bo‘ladi. Agar sizda "Xavfsizlik yostig‘i" bo‘lmasa, har qanday kutilmagan xarajat sizni qarz olishga majbur qiladi va siz yashash uchun qarz olishga majbur bo‘lasiz.

Zaxirasi bor odam kutilmagan vaziyatlarda o‘z pulini ishlatadi va hayotini davom ettiradi. Zaxirasi yo‘q odam esa foizli yoki foizsiz qarz oladi. Qarz esa keyingi oyning daromadini yeyish degani.

Tadqiqotlarda isbotlanishicha, moliyaviy zaxirasi yo‘q insonning miyasi doim "omon qolish" rejimida ishlaydi. Bu holatda inson uzoqni ko‘ra olmaydi va qisqa muddatli, zararli moliyaviy qarorlar qabul qiladi.

Agar shu vaqtgacha umuman moliyaviy zaxira haqida o’ylamagan bo’lsangiz, birinchi navbatda eng kamida $1000 pulni favqulotda holatlar uchun yig’ishingiz kerak. Bu mablag’ yangi gadjet olish yoki sayohat uchun emas aynan sizning shaxsiy hayotingizda yuzaga kelishi mumkin bo’lgan kutilmagan vaziyatlar uchun kerak bo’ladi.
🏆 1234
426 47.7K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram