Siz bor-yo‘g‘i 15 daqiqa Reels ko‘rmoqchi bo‘ldingiz, lekin qarasangiz oradan 2 soat o‘tib ketadi. Tanish holatmi?
Bu holat miyaning boshqaruv tizimi "so‘nib" borayotganining belgisi.
Yaqinda o‘tkazilgan
EEG (miya to‘lqinlarini o‘lchash) tadqiqotlari qisqa videolarga bog‘lanib qolish miyaning tormoz tizmini qanday o’zgartirayotganini ko’rsatdi.
Tasavvur qiling, miya katta bir korxona. Peshona qismi o‘sha korxonaning bosh direktori. U strategiya tuzadi, muhim vazifalarni tanlaydi va intizomni saqlaydi.
Muammo shundaki qisqa videolar direktorni "ishdan bo‘shatadi". Siz qisqa videolar ko’rar ekansiz, miya qaror qabul qilishni to‘xtatadi va shunchaki oqimga taslim bo‘ladi. Natijada, hayotdagi haqiqiy qiyinchiliklarga duch kelganda, "direktoringiz" uxlab yotgan bo‘ladi.
Diqqatni jamlash, sog’lom fikrlash xuddi sport zalida chiniqtiriladigan mushakka o‘xshaydi. Qisqa videolar esa mushakni ishlatishga yo‘l qo‘ymaydi. Har safar videoni "scroll" qilganingizda, siz diqqat “mushaklaringizni” kuchsiz qilib borasiz.
Tadqiqotlar ham buni isbotlaydi. Qisqa videolarga qaram odamlarda diqqat va nazorat to‘lqinlari pasayib ketadi. Natijada miya foydali ma’lumotni keraksiz "shovqin"dan ajrata olmay qoladi. Siz kitob o‘qimoqchi bo‘lasiz, lekin miyangiz tashqaridagi mashina ovozi, telefondagi bildirishnoma yoki shunchaki xayolingizga kelgan mayda fikrlarni chetga surib tashlay olmaydi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram