avatar
Abdusattor
@abdusattor
10.03.2026 17:32
Och qolish yoki ro‘za tutish insoniyat tarixida shunchaki diniy marosim emas, balki ruhni tarbiyalash, tanani tozalash va irodani charxlash madaniyati sifatida ko‘rilgan. Deyarli barcha qadimiy sivilizatsiyalar ochlikning shifobaxsh va aqliy quvvatini anglab yetgan.

Masalan, Pifagor o‘z shogirdlaridan dars boshlashdan oldin 40 kun davomida och qolishni talab qilgan. Uning fikricha, ochlik bilan tozalanmagan miya murakkab matematik va falsafiy g‘oyalarni qabul qila olmaydi.

Qadimgi misrliklar har oy kamida 3 kun ketma-ket ro‘za tutishgan. Ularga ko‘ra, misrliklar: "Inson iste’mol qiladigan ovqatning to‘rtdan bir qismiga yashaydi, qolgan to‘rtdan uch qismiga esa shifokorlar yashaydi" deb ishonishgan. Ya’ni, ko‘p ovqatlanish kasalliklarning asosiy manbai deb ko‘rilgan.

Shunga o'xshash ishonishlar qadimgi hind madaniyatida ham bo'lgan. Amerika qit’asining qadimiy qabilalarida esa yosh yigitlar balog‘at yoshiga yetganda, tog‘larga chiqib 4 kun davomida mutloq och va suvsiz qolishgan. Bundan maqsad miyaning ochiqligini ta’minlash va hayot maqsadini topish bo'lgan.

Islomda esa Ramazon oyi va nafl ro‘zalar nafaqat qalbni poklash, balki tananing "zakot"ini berish sifatida ko‘riladi. Abu Ali ibn Sino ko'p kasalliklarni davolashda, ayniqsa boshlang‘ich bosqichda, 3 haftalik ochlikni (suv bilan) qo‘llagan. U "to‘qlik barcha kasalliklarning onasi" deb ta’lim bergan. Ibn Sino oshqozon yarasi, bo‘g‘im og‘riqlari va hatto ruhiy xastaliklarni davolashda ochlikdan samarali foydalangan.

E’tibor bersangiz, bir-biridan minglab kilometr uzoqlikda va turli asrlarda yashagan madaniyatlar bitta nuqtada birlashgan. Tarix shuni isbotlaydiki, ochlik yetishmovchilik emas, balki ongli ravishda tanlangan kuchli bo‘lish strategiyasi.
🏆 1676
555 64.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram