2 yil oldin
MAQSAD klubida kriptoga har kuni $10 dollardan investitsiya qilganmiz.
1 yil davomida $3660 dollar investitsiya kiritilgan. Va hozir bu portfelimiz
67,9% zararda.
Eng qizig’i narx qanday bo’lishidan qat’iy har kuni bir xil miqdorda investitsiya qilish usuli eng xavfsiz usul hisoblanadi. Agar bunday qilmaganimizda shu mablag’ allaqachon yo’qolib ketar edi. Eng xavfsiz investitsiya usuli bilan ham kriptoda zarardamiz.
Bu kripto bozori uchun normal holat. Kripto yuqori riskli aktiv hisoblanadi va shu sababli investitsiya qilinadigan mablag’larning asosiy qismini u egallamasligi kerak. Internetda tarqaladigan videolardagidek kriptoda birdan katta daromad qilish ehtimoli juda ham past. Real holat umuman boshqacha.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram