�� Kelajak armiyasida tirik hasharot-josuslar bo’ladimi?
Germaniyaning SWARM Biotactics kompaniyasi harbiy texnologiyalarda inqilob qildi. Endi dronlar o‘rnini bio-gibrid hasharotlar egallashi mumkin.
Ya’ni oddiy hasharotlarga neyral interfeys, mitti sensorlar va sun’iy intellekt (AI) o‘rnatiladi. Natijada ular masofadan boshqariladigan "jonli" razvedka platformasiga aylanadi. Bu xuddi Rik va Morti animatsion filmalaridagi fantastikaga o’xshaydi.
Bio-gibrid hasharotlar umuman shovqinsiz, ularni payqash deyarli imkonsiz. Energiya tejamkor. Quvvat faqat datchiklar uchun sarflanadi, hasharot esa o‘z energiyasi bilan harakatlanadi. Har qanday joyga kiradi. Devordagi teshik, ventilyatsiya yoki vayronalar osti. Ular uchun hech qanday to‘siq yo‘q. Loyiha allaqachon sinovlaridan o‘tgan va harbiy amaliyotga tayyor.
Ko’rib turganingizdek texnologiya deganda faqat qo’lingizdagi gadjet yoki sizga rasm generatsiya qiladigan AI emas balki dunyoni boshqa tomonga burib yuborishi mumkin bo’lgan ixtirolar nazarda tutiladi.
Tasavvur qiling kelajakda devordagi oddiy “tarakan” shunchaki hasharot bo‘lmasligi mumkin...
🏆1136
475 53.6K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram