avatar
Abdusattor
@abdusattor
27.02.2026 12:12
6 soat uxlash = 24 soat uyg'oq yurish bilan teng

Tadqiqotlarga ko'ra, agar siz 14 kun davomida har kuni 6 soatdan uxlasangiz, 14-kunga borib miyangizning ishlash qobiliyati bir sutka davomida umuman uxlamagan odamniki bilan bir xil darajaga tushib qoladi. 4 soat uxlaydiganlarda esa bu ko'rsatkich 2 sutka (48 soat) uxlamagan odam darajasida bo'ladi.

Uyqu yetishmasligining 3-4 kunidan boshlab, inson o'zini endi charchagan deb hisoblamaydi. Tana charchoqqa ko'nikadi. Siz "men yaxshiman, o'rgandim" deb o'ylaysiz.

Miya esa ko'nikmaydi. Uning reaksiya tezligi pasayadi, diqqat tarqoqlashadi, xotira yomonlashadi. Siz o'zingizni “yaxshiman” deb hisoblaysiz, lekin obyektiv testlar miyangiz xuddi "mast" holatda ishlayotganini ko'rsatadi. Siz shunchaki normal holat qanday bo'lishini unutib qo'yasiz.

Xo’sh nega biz buni sezmaymiz?
Surunkali uyqusizlik miyaning o'z faoliyatini tahlil qilish qobiliyatini ko'r qilib qo'yadi. Siz o'z imkoniyatlaringiz pasayib ketayotganini payqamay qolasiz. Bu xuddi mast odamning "men bemalol mashina hayday olaman" deb ishonishiga o'xshaydi.

Uyqu yetishmasligining asosiy oqibatlaridan biri diqqatni jamlash qiyinlashadi va oddiy vazifalar ko'proq vaqt ola boshlaydi. Va yana asabiylik va hissiy beqarorlik ortadi.

Uyquda kattalar uchun biologik ehtiyoj 7 soatdan 9 soatgacha hisoblanadi. 6 soat uxlash qahramonlik emas, miyani sekin-asta ishdan chiqarish degani.

"Men 6 soat uxlab ham o'zimni yaxshi his qilyapman" degan gap, aslida miyangiz o'z holatini baholay olmayotganini anglatadi. Tanamiz sog'lom bo'lishi uchun emas, shunchaki "normal" ishlash uchun ham 7-8 soat uyqu zarur.
🏆 2055
1.8K 74.1K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram