avatar
Abdusattor
@abdusattor
23.02.2026 06:01
So’rovnomaga qaraydigan bo’lsak ko’pchilik 1 va 3 oy deb belgilabdi. Eng qizig’i tadqiqotlar ham aynan shunday raqamlarni ko’rsatadi.

Tadqiqotlarga ko‘ra, odamlarning katta qismi 1–3 oy ichida moliyaviy bosim ostida qoladi.

Moliyaviy xavfsizlik yostiqchasi bo‘lmagan inson stressga tezroq tushadi, qarorlarni hissiyot bilan qabul qiladi va uzoq muddatli fikrlash qobiliyati pasayadi.

Pul yig‘adigan odamlar odatda xarajatdan oldin jamg‘arma ajratadi, mukofotni emas, xavfni hisoblaydi va “Agar daromad to‘xtasa-chi?” degan savolni doim ochiq qoldiradi.

Pul kelganda siz xarajatni emas, biror bir yangilik sotib olmoqchi bo'lasiz. “O‘zimni mukofotlashim kerak” degan ichki signal uyg'onadi.

Lekin muammo shundaki, tezkor mukofot qisqa davom etadi. Moliyaviy xavfsizlik esa uzoq.
🏆 1225
166 42.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram