AQSh Sog‘liqni saqlash vaziri Robert Kennedi, “Hukumat korporatsiyalar foydasini himoya qilish uchun o‘n yillar davomida xalqqa yolg‘on gapirib keldi. Bugun bu yolg‘onlar to‘xtaydi." deya bayonot berdi.
Unga ko’ra yillar davomida bizga "yog‘lar zararli, donli mahsulotlar va uglevodlar foydali" deb o'rgatishdi. Ammo natijada dunyoda semirish va qandli diabet epidemiyasi yuzaga keldi.
Bayonotda protein miya va mushaklar uchun eng zaruriy element ekanligi, sog‘lom va to‘yingan yog‘lar (sariyog‘, go‘sht, tuxum) metabolizmni buzmasligi, balki quvvat berishi va mahsulotlarga qo‘shiladigan shakar metabolik tizimimizni ichkaridan yemirishi aytib o’tilgan.
Shu paytgacha insonlarga aytib kelingan mantiqqa ko’ra, tana xuddi avtomobil motoriga o‘xshaydi. Qanday yonilg‘i quyishingdan qat’i nazar, agar ko‘p yursang, sport bilan shug’ullansang hamma kaloriya yonib ketadi deb ishonilgan. Ya’ni 100 kaloriya shakar va 100 kaloriya proteinning tanaga ta’siri "bir xil" deb hisoblangan. Endi bu qarashlar xato ekanligi tan olindi.
Agar AQSH Sog‘liqni saqlash vazirligi o’z ko‘rsatmalarni o‘zgartirsa, butun dunyo bo‘ylab shifokorlar, diyetologlar va fitnes trenerlar o‘z metodlarini qayta ko‘rib chiqishga majbur bo‘ladi.
Natijada "Zanjir reaksiyasi" tez orada bizning do‘konlardagi mahsulotlar tarkibiga ham ta’sir qiladi. Ishlab chiqaruvchilar "shakarsiz" yoki "tabiiy" mahsulotlarga o‘tishga majbur bo‘ladilar.
🏆1910
689 93.3K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram