Insoniyat tarixining 99% qismida biz ochiq havoda yashaganmiz. Bizning ko‘zimiz va miyamiz quyosh chiqishi va botishiga qarab dasturlangan.
Quyosh nuri (hatto bulutli havoda ham) ko‘zga tushganda, miyamizga "Kun boshlandi, uyg‘on!" degan signal yuboradi. Bu signal baxt va energiya gormonini uyg‘otadi va aynan shu paytda kechki uyqu gormoni melatonin uchun taymer ishga tushadi. Shu sababli ertalab quyosh ko‘rmasangiz, kechasi uxlashingiz qiyin bo‘ladi.
Har kuni ertalab, uyg‘onganingizdan keyin dastlabki 30 daqiqa ichida kamida 10-15 daqiqa tashqariga chiqing. Deraza ortidan qarash yetarli bo’lmaydi. To‘g‘ridan-to‘g‘ri quyoshga yoki osmonga qarang ya’ni ochiq havoda bo‘ling.
Inson organizmi shunchaki go‘sht va suyakdan iborat emas, u yorug‘lik bilan boshqariladigan murakkab mexanizm. Quyoshni shunchaki issiqlik manbai deb emas, balki organizmimizdagi barcha jarayonlarni sinxronizatsiya qiluvchi vosita deb tushunish kerak.
Biz ming yillar davomida quyosh ostida rivojlanganmiz. So‘nggi 50-100 yil ichida to‘rt devor orasiga qamalib qoldik. Bu biologiyamiz uchun katta stress. Biz hozir "yorug‘lik ochligi" holatida yashayapmiz, buni D vitamini tabletkalari bilan to‘liq qoplab bo’lmaydi. Quyoshsiz sifatli uyqu bo’lmaydi, uyqusiz esa ertangi ish samaradorligi tushib ketadi.
🏆997
321 48.5K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram