2010-yilda Barselonada o‘qiyotgan bir talaba PDF fayllar bilan ishlashda muammoga duch keladi. Va dunyodagi eng ko‘p kiriladigan saytlardan biriga asos soladi.
Unda hech qanday startup rejasi bo’lmagan. Hech qanday investor bo’lmagan. Shunchaki muammo bo’lgan va shu muammo uchun yechim izlagan. Marko Grossi “iLovePDF” saytini 7 yil davomida uyidan yolg‘iz boshqargan. Bugun esa 43 kishilik jamoa, millionlab foydalanuvchilar va oylik premium obunalardan yillik $21–22 mln daromadga egalik qiladi.
Ko‘pchilik “G‘oya topay, keyin boshlayman”, deydi. Aslida esa ishlaydigan loyihalar faqatgina g‘oyadan emas, ehtiyojdan kelib chiqadi. PDF tahrirlash jozibador mahsulot emas. Uni Instagramda* maqtanmaysiz. Bu xizmatning nimaligini qo’shningiz, qarindoshlaringiz yoki bunga ehtiyoji yo’q odamlar tushunmaydi. Lekin siz maqtanganingiz uchun emas, insonlarning muammosini hal qilganingiz uchun bu xizmatdan pul topasiz.
Xulosa shuki, ba’zi loyihalar ilhomdan tug‘ilmaydi. Ular ehtiyojdan kelib chiqadi. G’oya chiroyli bo‘lmasligi mumkin, lekin u insonlarning vaqtini, asabini yoki pulini tejasa, u muvaffaqiyatli bo’ladi.
🏆2085
460 91.6K
* Принадлежит организации Meta, которая признана экстремистской и запрещена на территории РФ
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram