Ko’pchiligimiz, odamlar hayotlari oxirida pul yetishmaganidan, imkoniyat topolmaganidan, uy-joy olmaganidan yoki yaxshi daromad qilmaganidan pushaymon bo‘ladi, deb o’ylaymiz.
Lekin tadqiqotlar umuman boshqa narsani ko‘rsatadi.
Bronni Veyr ismli Avstraliyalik palliativ hamshira, o‘limga yaqinlashgan bemorlar bilan yillar davomida ishlagan. U bemorlar bilan suhbatlashgan, ularning ichki iztiroblarini, qo‘rquvlarini, pushaymonliklarini yozib borib, keyinchalik ularni tahlil qilgan.
Tadqiqot juda oddiy haqiqatni isbotlaydi:
Insonning eng kuchli pushaymonligi real hayoti va ideal hayoti o’rtasidagi farqdir. O‘lim oldida esa inson bu farqni birinchi marta to‘liq anglaydi.
Bu xuddi deraza oldida turib tashqaridagi siz yashamoqchi bo’lgan hayotni kuzatishingizga o’xshaydi. Siz derazadan chiqib o’sha hayotni yashashni o’ylamaysiz. Chunki sizda qo‘rquv, shubha, vaqt yo’q degan bahonalar bo’ladi. O’lim oldidan esa shu derazadan
chiqishim mumkin ediku degan pushaymonlik sizni qiynaydi.
Shuning uchun eng ko‘p uchraydigan pushaymonliklar aytilmagan so‘zlar yoki qilinmagan ishlar bo’ladi. Qilingan xatolar vaqt o‘tishi bilan unutiladi, lekin qilinmagan ishlar bir umr miyyamizda bizga tinchlik bermaydi.
Xulosa shuki, insonning eng katta pushaymonligi noto‘g‘ri yashagan hayoti emas, balki yashashi mumkin bo‘lgan hayotni umuman boshlamaganida bo’ladi.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram