Yoʻqotishlar yutuqlardan koʻproq taʼsirga ega
Million dollar yutib olgan odamning xursandchiliigidan, shuncha pulni yoʻqotgan odamning ogʻrigʻi ikki barobar ko’p boʻladi.
Bu hissiy farqni miyaning evolyutsion himoya mexanizmi bilan ham tushuntirish mumkin. Oʻtmishda odam uchun yoʻqotish (ovqat, energiya, boshpana) juda katta xavf, hayot-mamot masalasi edi. Shuning uchun miyamiz bugun ham yoʻqotishlarga ancha sezgirroq.
Nobel mukofoti sovrindori Daniel Kahneman ushbu g‘oyani isbotlagan
.
Yo‘qotishlardan qo‘rquv bizni harakatga majbur qiladi. Ba’zan odam mukofot umidida emas, balki “yo‘qotib qo‘ymaslik” uchun erta turadi, o‘qiydi, ishlaydi. Chunki miyaning asosiy vazifasi bizni xavfdan saqlash.
Shu sabab, maqsad qo‘yganingizda faqat “nima yutaman?” deb emas, “agar bu ishni qilmasam, nimani yo‘qotaman?” deb qarang.
Ko‘pincha ikkinchisi kuchliroq harakatga undaydi. Masalan, ishda rahbar “bonus olasan” deyishidan koʻra, “bonusni yoʻqotasan” deyishi xodimni yaxshiroq harakatlantiradi. Bu marketingda, taʼlimda va hatto tarbiyada ham ishlaydi.
Salbiy tomoniga kelsak, bu mexanizm bizni riskdan tiyadi. Ba’zan hech narsa yo‘qotmaslik uchun butun imkoniyatni boy beramiz. O‘sish, o‘zgarish, yangi yo‘l bularning barchasi ma’lum darajada yo‘qotish xavfini o‘z ichiga oladi.
Yo‘qotishdan qo‘rqadigan miyani foydangizga xizmat qildirish uchun bu mexanizmni anglab, to‘g‘ri yo‘naltiring. Yo‘qotish qo‘rquvi kelganida haqiqatdan jiddiy xavfdan qochyapsizmi yoki o‘sish imkoniyatidanmi, o‘ylab ko‘ring. Shu farqni sezib ushlab qololsangiz marra sizniki.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram