avatar
Abdusattor
@abdusattor
12.11.2025 17:25
Qulay vaqt degan narsa yo‘q

Hamma “bir kuni” degan afsonaga ishonadi, “Qulay vaqt kelsa boshlayman”, “Sharoitim bo‘lsa o‘qiyman”, “Pul topgach, o‘zimni o‘zgartiraman” deydi. Lekin qulay vaqt hech qachon kelmaydi.

Psixologiyada bu holatga “illusion of timing” deyiladi.

Bu inson miyasi o‘zini himoya qilish uchun to‘qib chiqargan illuziya. Harakat qilish miyangiz uchun qo‘rqinchli va noaniq ish, shuning uchun eng qulay yechim “hali emas” deb o‘zini ovutish.

Kaliforniya universitetida (UCLA) o‘tkazilgan tadqiqotda shunday xulosa chiqarilgan:

“Odatda o‘qishni boshlash, yangilik o’rganish, hayotini o’zgartirish niyatida bo’lgan va “hozir emas, hali tayyor emasman” deb ortga suradigan insonlarning 85%’i keyinchalik ham o‘sha ishni hech qachon boshlamaydi”.

Ya’ni, “hozir emas” degan his vaqtinchalik holat emas, balki ongdagi doimiy bahona.

Masalan siz suzishni o‘rganmoqchisiz va “suvga tushishga tayyor emasman” deb o‘ylaysiz. Lekin suvga tushib ko’rmaguningizcha hech qachon bunga tayyor bo‘la olmaysiz. Chunki tayyorlikning o‘zi amaliyot natijasida keladi. Shu sababli qulay vaqtni kutish – suvga tushmasdan suzishni orzu qilishga o‘xshaydi.

Xulosa:

“Bir kuni” degan vaqt yo‘q. Hayotda faqat “bugun” degan 24 soatlik imkon bor. Uni ishlatgan odam yashaydi, kutgan odam esa faqat “ertangi orzular”da qoladi.
🏆 2317
1.9K 137.6K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram