avatar
Abdusattor
@abdusattor
03.11.2025 17:25
21-asrda insoniyat misli ko‘rilmagan darajada rivojlandi: texnologiyalar, internet, gadjetlar, sun’iy intellekt… Ammo shunga qaramay, kitob o‘qishning o‘rnini zamonaviy vositalar bosolmayapti.

Nega

Chunki internet shunchaki ma’lumot beradi, lekin mazmun bermaydi. Internet sizga “inson miyasi sekundiga 11 million signalni qabul qiladi” degan ma’lumot beroladi. Lekin bu nimani anglatadi? Buni idrok qilish faqat tafakkur orqali, ya’ni o‘qish, tahlil va mulohaza orqali bo‘ladi. Internet sizga bilimning parchalarini beradi: faktlar, raqamlar, yangiliklar va misollar. Ammo mazmun – faktlar orasidagi aloqani, sababni va ma’noni tushunishda. Sun’iy intellekt siz uchun fikrlaydi, lekin sizni o‘ylashga majbur qilmaydi.

Bugun audiokitoblar, ilmiy videolar va podkastlar juda ko‘p. Ular kitobdagi g‘oyani yetkazadi, lekin kitobdagi sokinlikni emas. Kitob sizni fikrlashga majbur qiladi. Podkast va sun’iy intellekt kabi vositalar esa siz uchun fikrlab beradi.

Kitob – inson o'z fikrlari bilan yolg‘iz qoladigan yagona joy. U ichki sukunat, ichki sayohat va ichki o‘sish.

Shu sababdan, kelajak qanchalik raqamli bo‘lmasin, haqiqiy tafakkur qog‘oz sahifalarida yashaydi. Shu o’rinda, Maqsad klubimizda har oy o’qish uchun bitta yangi kitob tavsiya qilinadi va u kitobni Aziz Rahimov tahlil qilib beradi.
🏆 1773
567 98.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram