Maqsad klubida o'zi nima bor?
Maqsad klubimiz 2024-yil iyun oyidan buyon faoliyat yuritadi. Shu vaqtgacha klubdagilar uchun o’nlab video darsliklar va foydali kontentlar ulashib keldik. Xususan, o'zimning
“Maqsadli inson ko’nikmalari” darslarim
, Aziz Rahimovning oylik mutolaa qilingan kitob obzorlari, Javohir Quvvatovning falsafa asoslari darsliklari va boshqa mutaxassislarning video darslari klubdagilar uchun taqdim etilgan.
Xo'sh bundan klubdagilarga nima foyda?
Hozirgi zamonaviy insonning eng katta og'rig'i atrofida
ma’lumot ko‘pligi va ma'lumot shovqinidan ma’no topa olmasligida. Har kuni o‘nlab videolar, postlar, maslahatlar ko'rasiz, chet el podkastlarini eshitasiz lekin ichki o‘sish nolga teng.
Maqsad klubi esa shu bo‘shliqni to‘ldiradi.
Klub sizga nafaqat yangi bilim, balki
yangi nigoh beradi. Har bir dars sizni o‘zingiz bilan yuzlashtiradi:
nimaga intilayapsiz, nimani yo‘qotayapsiz va nima sizni harakatga keltiradi?
Agar siz ham o‘zingizni chuqurroq tushunishni, hayotingizni ongli ravishda qurishni istasangiz
Maqsad klubiga qo‘shiling. Klubda sizni javoblar emas,
sizni o‘zgartiradigan savollar kutmoqda.
Klubga qo'shilish uchun @maqsadobuna ga "+" yuboring
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram