1816-yilda Rene Leynek stetoskopni ixtiro qilganida tibbiyot butunlay o‘zgarib ketgan. Avval shifokorlar yurak urishini bemorning ko‘kragiga quloqlarini qo‘yib “taxminan” tinglashardi. Stetoskop esa tovushlarni aniq eshitishga yordam berdi va shifokorlar haqiqiy holatni biladigan bo‘lishdi.
Hayotimiz ham shunga o‘xshaydi. Biz ham o‘zimizcha taxminlar bilan yashaymiz. Masalan, ko‘pchilik “Men telefonda ko‘p vaqt o‘tkazmayman” deb o'ylaydi. Ammo raqamlar boshqacha gapiradi. Xuddi shifokor yurakni stetoskop bilan eshitgandek, telefoningizdagi ekran vaqti ham sizning odatlaringizni aniq ko‘rsatadi. Farqi shundaki, u sizni qochib bo‘lmaydigan haqiqat bilan yuzlashtiradi.
Taxminlar o‘zimizni aldaydigan narsa xolos. Haqiqat esa faqat aniq o‘lchovlarda bo'ladi. Shunday ekan, hayotingiz uchun "stetoskop" yarating.
🏆1593
225 101K
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram