Hayotda eng muhim qarorlar har doim his-tuyg‘ular ostida qabul qilinadi. Shuning uchun hissiy intellekt - eng muhim qobiliyat.
EQ sizga o‘zingizni boshqarishni o‘rgatadi. Hayot faqat matematikadan iborat emas. U yerda g‘azab bor, umid bor, alam, baxt, xavotir bor. Bu narsalarni boshqarolmagan odam, o‘zini ham, atrofdagilarni ham qiynaydi.
Shuning uchun ham EQ sizni kuchliroq inson qiladi. O‘zingiz bilan til topishadigan, boshqalarni ham tushunishga harakat qiladigan inson qiladi. Uzoq davom etadigan do‘stlik, barqaror nikoh, jamoada obro‘, atrofdagilar bilan kelisha olish bularning bari EQ mevasidir.
O‘zingizni his qilishni, boshqalarni sezishni o‘rganmas ekansiz, hayotda eng kerakli joylarda to‘xtab qolasiz. Chunki his-tuyg‘ular - harakatning ichki yo‘nalishidir. Ularni boshqarolmasangiz, sizni boshqarishadi.
Shu sababli, EQ bu shunchaki qo‘shimcha ko‘nikma emas. Bu - inson bo‘lib yashash uchun zarur bo‘lgan asosiy poydevor.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram