Shakarsizlashtirish!
Esingizda bo’lsa 15 kun oldin shakardan voz kechish chellenjini boshlagan edim va yaqinda bu mavzu haqida qiziq statistikani uchratib qoldim.
Statistik ma’lumotlarga ko’ra ayni vaqtda Amerikada sog’liq inqirozi ro’y bermoqda va buning sababi bizning kundalik iste'mol qiladigan ovqatlarimiz bilan bog'liq ekan. Ma’lumotlarga ko’ra, 50 yil oldin har 8 amerikalik katta yoshli odamlardan 1 nafari semirib ketgan bo'lsa, bugungi kunda semirish har 3 ta odamdan 1 tasiga to’g’ri kelmoqda. Shu bilan birga, surunkali kasalliklarning tez o'sishiga eng katta hissa qo’shuvchi mahsulot ham “shakar” ekanligi ilmiy tadqiqotlar tomonidan isbotlangan.
O’zi nima sababdan juda ko’p shakar iste'mol qilamiz?
Buning asosiy sabablaridan biri shundaki, shakar har doim tanamiz uchun arzon energiya manbai bo'lib kelgan.
Ushbu audioyimda aytib o’tganimdek, miyyamiz doimo kam energiya sarflab ko’proq natijaga ega bo’lishni xohlaydi. Shakarni surunkali iste’mol qilish sababli u barchamizni yillar davomida o’ziga asir qilib kelgan.
Shu sababli men shakar asirligidan qutulish uchun “
JANG”
boshladim. Sizlarni ham men bilan bir safda jang qilishga chaqiraman! Men 30 kunlik “
Shakarsizlashtirish” chellenjim haqida katta bir video tayyorlash niyatidaman va videoda shakarsiz yashash insonga qanday baxt olib kelishi haqida aytib bermoqchiman.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram