��
Katta pullar haqidagi afsona
Jamiyatda shunday bir afsona borki: go‘yoki katta pul topish uchun albatta tadbirkor bo‘lish kerak. Boshqacha qilib aytganda, biznes - erkin hayotning yagona yo‘li. Ammo bu haqiqatga to‘g‘ri kelmaydi.
Aslida, ko‘pchilik odamlar tabiatan tadbirkorlikka mos emas. Chunki tadbirkorlik - bu xavf, noaniqlik va doimiy stress. Bu esa ko‘plab odamlar uchun normal holat emas.
So‘nggi yillarda NVIDIA kompaniyasi sun’iy intellektning rivoji tufayli dunyodagi eng qimmat kompaniyalardan biriga aylandi. Kompaniyada ishlayotgan xodimlarning 76–78 foizi millionerga aylangan, va ularning yarmi 25 million dollardan ortiq boylikka ega. Bu xodimlar oddiy, o‘rta darajadagi turli lavozimlarda ishlovchi mutaxassislar. Masalan, IC-5 darajadagi muhandis 2022-yilda olgan 200 ming dollarlik aksiyalari bugun 2,8 million dollarga yetgan. Hech qanday startap ochmagan holda.
Bugungi dunyoda kim noyob va qimmatli ko‘nikmaga ega bo‘lsa, u ayniqsa rivojlanayotgan davlatlardagi tadbirkorlardan ham ko‘proq pul topishi mumkin. Chunki tadbirkorlik - bu boyish usuli emas, balki muammolarni hal qilish mexanizmi. Agar siz muammolarni yaxshi hal qilsangiz, qayerda bo‘lishingiz muhim emas - pul o‘zi keladi.
Tadbirkorlik - bu yagona yo‘l emas. Ko‘pchilik odamlar uchun bu eng og‘ir va yoqimsiz yo‘l bo‘lishi mumkin. Agar siz o‘z sohangizda kuchli bo‘lsangiz, kompaniyalarga real foyda keltirsangiz va o‘zingizni doimiy ravishda rivojlantirsangiz, biznes qilmasdan ham moliyaviy erkinlikka erishishingiz mumkin. NVIDIA va ko‘plab boshqa kompaniyalar xodimlari bunga yorqin misoldir.
Bu haqida MaqsadClub’da “Pul baxt olib keladimi?” degan mavzuda to‘liqroq gaplashganmiz.
MaqsadClub'ga qo'shilish uchun
@maqsadobuna ga + qoldiring.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram