avatar
Abdusattor
@abdusattor
17.07.2025 13:15
Doimo band bo‘ling

Odam harakat bilan tirik hisoblanadi. Chunki insonning miyasi, tanasi va ruhi har doim harakat, izlanish, o‘sish uchun yaratilgan.

Bo‘sh odam o‘zini yeb tugatadi: bekorchilikda asossiz tashvishlar, yomon odatlar, ortiqcha o‘ylash, asab buzilishlari boshlanadi. Chunki inson energiyasi ishga emas, ichki chirish jarayoniga ketadi.

Qarang, tabiatda ham tirik daraxt doimo o‘sadi: poya, barg, ildiz - hammasi doim harakatda. Qachonki o‘sish to‘xtasa, chirish boshlanadi.

Shuning uchun odam har doim biror ish bilan band bo‘lishi kerak. Bu - doimo charchab yurishi kerak degani emas. Bu - inson o‘zini foydali ish mashg’ul qilish kerak.

Kimdir band bo‘lsa, ichidagi dahshatli bo‘shliqni yaxshi maqsadlar bilan to‘ldiradi. Kimdir band bo‘lmasa o‘sha bo‘shliqni o’zi uni asta-sekinlik bilan yutadi.

Band bo‘ling. Lekin bekorchi ishlarga emas, balki o‘zingizni yashnatadigan ishlar bilan.

@abdusattor
🏆 3223
1.8K 149K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram