Dehqon kabi fikrlang
Hayotda ko‘p narsa tez bo‘lishini kutamiz. Lekin dehqon bir kunda hosil olmasligini biladi.
Ekinni sekin o‘sayotgani uchun urishmaydi.
Yomg‘ir yog‘may qoldi deb dalani ayblamaydi.
Ildiz otmagan urug‘ni erta yulib tashlamaydi.
Yeriga mos urug‘ni tanlaydi.
Vaqtida sug‘oradi, o‘g‘itlaydi, dalani begona o‘tlardan tozalaydi.
Yaxshi va yomon mavsumlar bo'lishini biladi va bunga oldindan tayyor turadi.
Dehqon kabi yashang: shoshilmang, ayblamang, ko‘proq mehr bering. Hosil baribir chiqadi.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram