avatar
Abdusattor
@abdusattor
29.05.2025 22:00
Yangi daftar sindromi

Odam yangi daftarga chiroyli yozgisi keladi. Xatolarsiz, birinchi varaqdayoq mukammal bo‘lishini xohlaydi.

Qog‘ozga tushadigan birinchi so‘zning bosimi eng kuchlisi bo‘ladi. Shuning uchun ko‘pchilik daftarning ikkinchi varag‘idan boshlaydi.

Birinchi sahifani buzib qo‘yishdan qo‘rqib, umuman yozmay qolganlar bo'lsa qancha?

Chiroyli yozishga emas, yozishga o‘rganish kerak.

Chunki shunchaki yozilgan o‘nlab sahifalar orasidan haqiqiy g‘oya tug‘iladi.

Varaqlar soni cheklangan. Har bir bo‘sh sahifani chiroyli yozishni kutib o‘tkazsangiz, daftar oxirigacha to‘lmaydi.

Oxirigacha yozilgan daftarni esa, hech qachon birinchi varaq bilan eslashmaydi.

@abdusattor
🏆 3176
729 164.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram