Ruhiy falajlik
Tanangizda og‘riq bo‘lsa dori izlaysiz. Kech bo'lsa ham shifokorga borasiz. Sog‘ayish uchun, eng noqulay holatda ham nimadir qilasiz.
Ruhiy og‘riqda esa teskarisi. Harakatdan umid uziladi.
Ruhiy falajlik jismoniy falajlikdan xavfliroq. U nafaqat harakatni, harakatga bo‘lgan ishonchni ham yo‘q qiladi.
Bunday holatda maslahatlar ham, motivatsiya ham ishlamaydi. Ishonch qaytishi kerak. Harakat qila olishiga bo‘lgan ishonch.
Bu ishonch tashqaridan kelmaydi. U faqat o‘z harakatingizdan tug‘iladi.
Eng kichik qaror ham signal. Miya unga javob qaytaradi. Qancha takrorlansa, ishonch ham shuncha qaytadi.
Shuning uchun, boshlash kerak. Keraksizdek tuyulganganda ham.
Siz qilgan harakat, og‘riqqa bergan yagona javob bo'ladi. Shu yetarli, faqat uni davom ettiring.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram