Mas'uliyat tanlov beradi
Erkinlik tanlov imkoniga ega bo‘lish. Tanlash uchun esa, mas’uliyat kerak.
Inson tanlovlar o‘rtasida yashaydi. Ularning sifati sizning mas'uliyatingizga bog‘liq. Bir kun vaqtida uxlamasangiz, bu sog‘lig‘ingiz, kayfiyatingiz, vaqtingiz evaziga qilingan tanlov bo'ladi.
Mas’uliyat boshqalar ko'rmagan vaqtda ham kerakli narsani qilishda bilinadi. Ishda telefoningizni o‘chirib, diqqat talab qiladigan vazifani bajarish. Keraksiz xabarlarga chalg'imaslik. Noqulay qo'ng'iroqlardan qochmaslik.
Shularni ongli qila olgan odamgina, keyinchalik tanlov qilish imkoniga ega bo‘ladi. Sababi vaqtini, energiyasini, kuchini o‘zi boshqargan bo‘ladi.
Mas’uliyatdan qochib ham odam o‘zini erkin tanlov qilayotgandek his qilishi mumkin. Aslida esa, sharoitga moslashadi xolos.
Kim mas'uliyatdan qochsa, tanlovlardan ham voz kechadi. Tanlovsiz odam esa erkin bo'la olmaydi.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram