Qarorlar og‘irligidan keladigan charchoq
Ba’zan kichkina tanlov ham haddan tashqari katta tuyuladi: qaysi kiyimni kiyish, nima yeyish, kimga javob yozish...
Bu dangasalik emas. Bu qaror charchog‘i.
Ilmiy tadqiqotlar kun davomida qanchalik ko‘p qaror qabul qilinsa, miyadagi charchoq ham shunchalik ortishini tasdiqlaydi. Kun so‘ngida qabul qilinadigan qarorlar ko‘pincha yuzaki, impulsiv va sustlashgan bo‘ladi. Har bir tanlov miyadan energiya talab qiladi. Bu energiya esa cheklangan. Har bir kichik qaror ongni asta-sekin yemiradi.
2011-yilda o‘tkazilgan
tadqiqotda sudyalar tomonidan qabul qilingan qarorlar tahlil qilingan. Natija hayratlanarli: kun boshida sudyalar tomonidan berilgan ijobiy qarorlar foizi 65% bo‘lsa, tushlik vaqtiga yaqinlashib bu raqam 0% gacha tushadi. Tushlikdan keyin esa yana ko‘tariladi.
Bu shunchaki ochlik emas. Bu qaror charchog‘i. Odamlarning mantiqiy fikrlash qobiliyati kun davomida pasayishini va qarorlar hissiy charchoqdan ta’sirlanishini ko‘rsatadi.
Ko‘p tanlov, ko‘p variant, ko‘p javobgarlik - miya uchun yuk.
Shuning uchun ko‘plab muvaffaqiyatli insonlar oddiy qarorlarni avtomatlashtirishga harakat qiladi.
Kiyim tanlash, nonushta menyusi, ish vaqtiga o'xshash mayda qarorlar kunlik e’tiborni o‘g‘irlovchi yashirin yukdir. Ularni soddalashtirish orqali ichki erkinlik yaratiladi.
Zamonaviy charchoq ish ko‘pligidan emas, tanlov ko‘pligidan keladi.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram