avatar
Abdusattor
@abdusattor
09.04.2025 18:00
Hammasiga ulgurmaysiz

Hayotda har narsa muvozanatda bo‘lishi kerak, deyishadi. Lekin bu gapni har safar eshitganimda, nimagadir ichimda qarshilik tug‘iladi.

Ham yaxshi ota bo‘laman, ham yaxshi do‘st, ham zo‘r mutaxassis, ham sog‘lig‘imni yaxshi saqlayman, ham shaxsiy o‘sishga vaqt topaman, ham jismoniy forma, ham ruhiy tinchlik, ham vaqtida uxlash, ham doimiy o‘qish...
Yaxshi, qanday qilib?

Bu yerda muammo illyuziya. Go‘yo bariga ulgurish mumkin. Aslida esa siz har doim bir narsani tanlayapsiz va boshqa narsalarni vaqtincha qurbon qilayapsiz.

Hayot bu doimiy muvozanat emas. Hayot bu diqqatni taqsimlash.

Kasbingizda chuqur ildiz otmoqchimisiz? Unda vaqtincha do‘stlar bilan ko‘rishish kamayadi.
Farzandlaringizga ko‘proq vaqt bermoqchimisiz? Demak ishdagi yutuqlaringiz sekinlashadi.
Sog‘lig‘ingizni tiklamoqchimisiz? Qaysidir loyihalardan voz kechishga to‘g‘ri keladi.

Bu yomon emas. Bu real hayot. Har bir ish ortida, ko‘rinmas tanlovlar yotadi.

Qurbonlik bu yo‘qotish emas, yo‘l tanlash.

Va bu tanlovlar doimiy bo‘lmaydi. Hayotning turli bosqichlarida e’tibor markazi o‘zgaradi. Siz ham o‘zgarasiz.

Bu haqda biz Maqsad Club'idagi “Kechiktirilgan mukofot” darsida gaplashgan edik:
“Hayotda hechkim hammasiga ulgurmaydi, lekin har kim o‘z maqsadiga diqqatni vaqtincha to‘plab, kerakli qurbonlikni qila oladi.”

Bugun o‘zingizga bitta savol bering: "Men hozir nima evaziga nima olyapman? Bu tanlov men xohlagan kelajak sari olib boryaptimi?"

Chunki tanlovlar vaqtinchalik, lekin ularning natijasi doimiy.

@abdusattor
🏆 2682
1.3K 166.3K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram