avatar
Abdusattor
@abdusattor
06.04.2025 18:45
Energiyangiz qayerga ketyapti?

Ba’zida odam charchaganini jismoniy ish bilan bog‘laydi. Lekin eng kuchli charchoq bu jismoniy charchoq emas, bu energiya ketishidir.

Tahlil qilib ko’ring: kun davomida siz eng ko‘p energiyani nimaga sarflayapsiz?

Doimiy ravishda kimnidir oqlashga/tanqid qilishgami?

E’tibor qaratmaslik kerak bo‘lgan narsalargami?

Bahslarda g‘olib chiqishgami?

O‘tmishni qayta-qayta o‘ylab, afsus qilishgami?

Ehtimol siz deyarli ishlamayapsiz, lekin energiyani sarflayapsiz. Bu charchoqni sport ham, uyqu ham yo‘q qilolmaydi, chunki muammo tanada emas – diqqatda.

Energiya – bu eng qimmat resursingiz. Kimga va nimaga berayotganingizni kuzating.

Agar kerakmas joyga ketayotgan bo‘lsa, to‘xtating. Chunki siz energiyani emas, hayotni sarflab yuboryapsiz.

@abdusattor
🏆 2997
1.2K 126.9K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram