Har qanday yaxshi narsa chuqur diqqat talab qiladi.
Chalg‘ituvchi dunyoda bu odamlar uchun eng katta muammo. Ko‘pchilik chuqur diqqatsiz biror narsaga erishaman deb o‘ylaydi, lekin bu faqat illyuziya. Agar biror ishni o‘rganmoqchi bo‘lsangiz, diqqat zarur. Busiz iloji yo‘q.
Diqqatni jamlay bilish bu juda kuchli qurol. Chalg‘ituvchi narsalardan voz keching, chunki ular sizni maqsadingizdan uzoqlashtiradi. Har kuni bir oz bo‘lsa ham oldinga siljish uchun o‘zingizni chuqur diqqat bilan ishlashga o‘rgating. Natija darhol ko‘rinmasligi mumkin, lekin sabr qilsangiz, mehnat o‘z samarasini beradi.
Chuqur diqqat bu sizni orzularingizga yetaklaydigan yo‘l, boshqa yo‘l yo‘q.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram