Bu suratlar fevralda “Maqsad Club”ning birinchi uchrashuvida olingan.
Ro‘yxatdan o‘tishda odamlar ko‘paygan sari, ular o‘zlari tartib yaratishdi. Hech kim ularga “tartibda turing” demadi, hattoki ular bir-biriga ham bunday deyishmadi. Tartib o‘z-o‘zidan paydo bo‘ldi. Shoshilish yo‘q edi, hamma past ovozda gaplashdi, aksariyat odamlar vaqtida keldi. 500 ga yaqin odam kelgan bo‘lsa-da, tadbir tugagach, zal shunchalik toza ediki, ularning bu yerda bo‘lganini bilmas edingiz. Men ko‘p tadbirlarda bo‘lganman, lekin bu odamlar boshqacha edi.
Ongli yashaydigan odamlarning farqi shunda: ular birinchi navbatda o‘zlarini hurmat qiladilar. Tartibsizlikda turishni xohlamaganlari uchun tartib yaratadilar, kech qolish hurmatsizlik ekanini bilganlari uchun vaqtida keladilar, tozalik esa insonga xos xislat bo‘lgani uchun unga rioya qiladilar. Mas'uliyatni olish, o‘zini hurmat qilish — ulg‘aygan insonning belgisidir.
O‘zingizni hurmat qilsangiz, atrofdagilarni hurmat qilasiz. Atrofdagilarni hurmat qilsangiz, ular sizni hurmat qiladi. Bu esa umumiy holda jamiyatni yaxshilaydi.
@abdusattor
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram