avatar
Abdusattor
@abdusattor
14.03.2025 20:50
Yurish sizni qutqaradi

Oddiy yurish hayotingizni tubdan o‘zgartirishi mumkin va bu quruq gap emas. 2018-yilda "The Lancet" jurnalida 1,2 million odam ishtirokida o‘tkazilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, kuniga 20-30 daqiqa yurish o‘lim xavfini 20-30% ga kamaytiradi. Ammo eng muhimi - kayfiyatingiz osmonga ko‘tariladi! Sayrdan keyin o‘zingizni ajoyib his qilasiz: endorfinlar sizni baxtli qiladi, stress yo‘qoladi, energiya to‘lib-toshadi.

Bahor keldi, ko‘chaga chiqish uchun eng yaxshi vaqt. Kuniga 7,000 - 10,000 qadam yurib ko’ring va hayotingiz yangi ranglar bilan boyiydi. Bu oddiy odat emas, bu doim o’tiradigan zamonaviy insonni majburiyati, chunki yurish bilan siz o‘zingizni haqiqatdan ham qutqarasiz. Sog’lomroq va chinakam baxtliroq his qilasiz. Maqsad Club'idagilar buni allaqachon biladi va bu mavzu bo’yicha alohida video ham qilganmiz. Bu bahor esa aynan sizlar uchun yurishning eng katta targ’ibotchisi bo’laman.

@abdusattor
🏆 2283
1.2K 141K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram