avatar
Abdusattor
@abdusattor
11.03.2025 20:38
Yetishmovchilik qadrlanadi

Yetishmovchilik har doim qadrli bo‘ladi - bu narsalarga ham, odamlarga ham tegishli. Bu oddiy, lekin chuqur haqiqat, inson tabiatiga singib ketgan. Bir o‘ylab ko‘ring: noyob tosh oddiy toshdan qimmatroq, chunki u kam uchraydi. Vaqt, e’tibor va munusobatlar ham huddi shunday. Odamlarga ko‘p vaqt bersangiz, ular buni qadrlamay qo‘yadi. Odamlar sizga ko‘nikishi ularni beparvo qilib qo‘yishi mumkin. Agar siz doim har qanday chaqiruvga tayyor tursangiz, har doim ularni yonida bo‘lsangiz, odamlar sizning qadringizni kamroq his qiladi va bu yomonlikdan emas, odatdan.

Shuning uchun qachon ketishni bilish kerak. Uzoqlashish, masofa qo‘yish - bu o‘yin emas, bu o‘z qadringizni saqlash usuli. Yo‘qligingiz odamlarga sizni ko‘proq qadrlashga yordam beradi.

Siz har qanday uchrashuvlarga, gaplarga tayyor emasligingiz, odamlarga ham, o‘zingizga ham vaqtingiz qimmat ekanini eslatib turadi.

@abdusattor
🏆 2178
828 117.4K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram