avatar
Abdusattor
@abdusattor
06.03.2025 20:08
Kichik g’alabalar

Katta g‘alabalar kichik g‘alabalar ko‘pligidan keladi. 

100 km marafon yugurmoqchi bo‘lsangiz, siz xohlaysizmi xohlamaysizmi kichik marafonlar g‘alabalarini qo‘lga kiritasiz. Birinchi 10 km, keyin 21 km va eng katta g‘alabagacha. Til o‘rganishda, har bir o‘zlashtirilgan so‘z g‘alaba. Kundalik hayot kichik g‘alabalarga to‘la, hattoki, har kuni kerakli vaqtda uyg‘onish ham kichik g‘alaba, to‘g‘ri ovqatlanish ham kichik g‘alaba.

Eng qiziq tarafi shundaki, omma kichik g‘alabalarni qadriga yetmaydi va ularni yutuq sifatida ham ko‘rmaydi. Ular oddiy kichik natijalar eng yirik o‘zgarishlarga olib kelishini bilganida edi, ularning oddiy kundalik hayotga qarashi butunlay o‘zgarardi. 

Kichik g‘alabani ta’mini sezgan inson, katta g‘alabani ta’mini sezish qo‘lidan kelishini tushunadi. 

Kichik g‘alabalarni ta’mini sezish uchun Maqsad Club'ga qo‘shilishingiz mumkin. 

@maqsadobuna ga + qoldiring!
🏆 477
662 116.5K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram