avatar
Abdusattor
@abdusattor
01.03.2025 18:56
Majbur bo’lish

1519-yilda Ernan Kortes Meksikaga 600 kishi bilan qo‘nib, asteklarning kuchli imperiyasini zabt etishni maqsad qiladi. Uning odamlari safardan charchagan, ko‘pchilik muvaffaqiyatga shubha qilardi: asteklarning qo‘shini o‘n minglab jangchilardan iborat edi, ularning boyligi va qudrati haqidagi mish-mishlar qo‘rquvni kuchaytirardi. Ekipajning bir qismi hatto Kubaga qaytish uchun isyon ko‘tarishni rejalashtiradi.

Kortes chekinish qo‘shinni ruhiy jihatdan sindirishini tushunib, radikal qaror qabul qiladi. U o‘z kemalarini yoqib yuborishga buyuradi.

Va bu qaror samara beradi: orqaga yo‘l qolmagan askarlarni oldida faqatgina g'alaba qozonish tanlovi qoladi. Kortés mahalliy qabilalar bilan ittifoq tuzib, ayyorlik va harbiy ustunlik yordamida 1521-yilda asteklarni poytaxtini egallaydi.

Ba’zida tanlovlar borligi inson uchun ziyonga ishlaydi, chunki g'alabadan tashqari tanlov qolmaganida, g'alaba qozonishga majbursiz.

@abdusattor
3485
682 116.8K

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Abdusattor

61.8K
Shaxsiy rivojlanishga oid maqsadli kanal

✉️ Takliflar uchun: @AbdusattorFD_bot

Maqsad Club: @maqsadobuna
Открыть в Telegram