👨✈️ Qahramonlar xotirasi — hamisha barhayot!
🇺🇿 O‘zbekiston Respublikasi Mustaqilligining 35 yilligi munosabati bilan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Andijon viloyat Kengashi, Andijon viloyati Mudofaa ishlari boshqarmasi Faxriylar Kengashi a’zolari hamda Andijon harbiy garnizoni vakillari ishtirokida xizmat burchini bajarish chog‘ida qahramonlarcha halok bo‘lgan
Jalolov Sayfuddin Kamolddinovichning oila a’zolaridan hol-ahvol so‘rash, ularning ko‘nglini ko‘tarish maqsadida xonadoniga tashrif buyurildi.
👉 Tashrif davomida qahramon harbiy xizmatchining Vatan oldidagi fidokorona xizmati, jasorati va mardligi yodga olindi. Samimiy muloqot davomida marhumning oila a’zolariga chuqur hurmat va ehtirom izhor etilib, ularning holidan xabar olindi.
✅ Zero, Vatan tinchligi va xalq osoyishtaligi yo‘lida jon fido qilgan mard o‘g‘lonlarning nomi va xotirasi xalq qalbida hamisha barhayotdir.
Bizning sahifalarimiz:
📱
Instagram*📱
Facebook*
📱
Telegram
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram