Tohir Malikning "Odamiylik mulki" asarini o'qiyapman yo asar meni o'qiyapti. Xullas, shu kunlarda ushbu asar ichida yashayapman. Umuman atrofdan, atrofdagi soxtaliklardan, soxta munosabatlardan, soxta mulozamatlardan charchadim. Yonimda yurganlarning ko'zlarida ilinj bor. Nimadir foyda ko'zlashadi. Nigohlari aytib turadi ichlaridagini. Foydasiz, manfaatsiz odamlar atrofimda yig'ilsa, deb orzu qilardim. Afsus, u kitoblarda ekan. Yaxshiyam, shu kitob bor. Odamni dunyodan, dunyo xunrezliklaridan chalg'itadi. Umuman olganda shu kunlar arafasida kayfiyat odamiga aylanganman, balki shu ham kerakdir. Imkon qadar ko'p to'rtliklar yozyapman. Alohida kitob qilmoqchiman, nasib. Ammo... Shuncha to'rtlik - shuncha saboq. Ya'ni har bir to'rtlik ortida yuragingni zirqiratgan nimadir voqea yotadi. Bugun to'rtliklarni sanab, nima uchun, hayot, degim kelyapti. Ammo ortidan yana bir sas: adabiyot uchun, abadiyat uchun, deyapti. Bilmayman, bilishni ham xohlamayman. Ammo yozaman. Omon bo'ling.
🔥6
👍3
🤩2
1 307
Обсуждение
0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram