Yorqinjon HAYITBOYEV @Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi 06.04.2026 13:36 Скопировать Пожаловаться Qulluq! Ming tashakkur, ming ehtiromlar, Mehrdan nurlanur qalbdagi jomlar, Ko'ngilga yaqinlar, dildagi nomlar, Bizni izzat qilgan izzatda bo'lsin! Biz yaqin olyapmiz yiroqlarni ham, Yuraklarga yoqib chiroqlarni ham, Odamday his qilib yaproqlarni ham, Bizni izzat qilgan izzatda bo'lsin! Ozmi-ko'p hurmatga sazovorlik bor, Dil bor joyda bilki, dilozorlik bor, Barini unutsang, tik viqorlik bor, Bizni izzat qilgan izzatda bo'lsin! Bir so'zning gadosi aslida bu qalb, Nur istar kamolot faslida bu qalb, Nurni inson yashar qalblarga qalab, Bizni izzat qilgan izzatda bo'lsin! Tug'ilgan kun asli hisobot bayram, Bir yillik umringga tutadursan sham, Iloho, ko'rmasdan yashagaymiz g'am, Bizni izzat qilgan izzatda bo'lsin! 👍 6 🔥 6 🎉 4 4 438
Обсуждение 0
Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.
Обсудить в Telegram