avatar
Yorqinjon HAYITBOYEV
@Yorqinjon_Hayitboyev_ijodi
25.01.2026 18:56
Atrofim to'la odam, tushunguvchi bir zot yo'q,
Najotlar ichidaman, o'zim uchun najot yo'q.
Hammasidan, baridan uchib ketayin desam,
Bog'lab qo'yishgan go'yo gardanimda qanot yo'q.

Havas qilishib ba'zan yo'lingiz bersin derlar,
So'rasharlar hattoki yuzaki dastxatimni.
Zimdan qiyo boqaman yetarmi bardoshlari,
Ko'tara olarmikan chekkan mashaqqatimni.

Shoir yurak deganim bugun xudbin bir yurak,
U ilhomdan buyruqni ustun ko'rgan yaramas.
Gohi aytaman bunday yurak nimaga kerak,
Hozirdan she'r yozishni afzal ko'rajakman bas.

Ammo shu on telefon jiringlaydi basma bas,
Yig'ilish soatini aytishadi xo'p deyman.
Asrlarning qaridan men uchun chiqib kelgan
Ilhom parilariga hozir ishim ko'p deyman.

Shu zaylda o'tmoqda umrimning kamoloti,
Gohi hayron qarayman sinayotgan qanotga.
Eng go'zal she'rlarimni ko'mib borayotirman
Stolim ustidagi qatma-qat hisobotga.

Yaratganning yo'lida yolg'iz ketayotirman,
Atrofim to'la odam, tushunguvchi bir zot yo'q.
Shoir uchun she'r asli nafasdan muhimroqdir,
Men she'r yozmay yuribman, demak, menda hayot yo'q.
🔥 11
👍 1
🤩 1
5 566

Обсуждение 0

Обсуждение не доступно в веб-версии. Чтобы написать комментарий, перейдите в приложение Telegram.

Обсудить в Telegram

Yorqinjon HAYITBOYEV

218
Худойим хоҳласа, банда оҳлайди,
Оҳлардан шоҳ шеърлар ёзаман, дунё.
Сен мени синашда давом этавер,
Мен сендан барибир ўзаман, дунё...
Открыть в Telegram